foto: daryo / madina nurman

Sputnik: Hamon nafas olayotgan, zilziladan keyingi vaqtinchalik panoh

2024-yilning kuzida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan 409 ta ikki qavatli yog‘och uydan iborat “Yo‘ldosh” (ilgari “Sputnik” massivi deb nomlangan) mavzesini yangilash ishlari boshlangani haqida xabar berilgan edi.
“Yo‘ldosh” mavzesi hududida aholi 1966-yilning yozidan yashay boshlagan. Shaharliklar uchun uy-joy masalasining vaqtinchalik yechimi sifatida 400 dan ortiq ikki qavatli yog‘och uy qurilgan.
Hozirgi paytda bunday uy-joylar ma’nan eskirgan va xonadonlarning kichik maydoni hamda oddiy maishiy sharoitlarning yo‘qligi sababli sifatli uy-joyga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Aytish kerakki, hududdagi aksariyat uylarning yog‘och qurilish konstruksiyalari va muhandislik tarmoqlari yuqori darajada jismoniy eskirgan, shuningdek, energiya tejamkor emas va yong‘in xavfi yuqori.
“Daryo” mavzening o‘tmishi va bugungi kuniga nazar soladi.
Toshkent. 1966-yil. Mavze o‘zining ilk aholisini qarshilamoqda.
100 ming kvadrat metrdan ortiq yashash hududi, 2 ta 10-sinfgacha bo‘lgan maktab, 5 ta oziq-ovqat do‘koni, univermag, pochta, hammom, poliklinika — bu Oktyabrning 49 yilligi oldidan Toshkentning harbiy quruvchilari tomonidan tuhfa edi.
Manba: “Arxitektura i stroitelstvo Uzbekistana”. №12, 1966-yil.
Foto: Chernov va Fomin
Toshkent, 1968–1969-yillar.
Mavze qurilishi vaqtida “Avlodlarga murojaat” kapsulasi tantanali tarzda poydevorga qo‘yilmoqda. Ushbu kapsulani birinchi turar joy binosining poydevoriga O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan quruvchi, Sotsialistik mehnat Qahramoni Xo‘ja Qosimov joylashtirmoqda. Ushbu uy deyarli 20 yil avval yonib ketgan. Ammo poydevor saqlanib qolgan. Va aynan o‘sha eski poydevor ustiga bugun ikki qavatli do‘kon qurilgan.
Sergelini o‘sha yillarda RSFSRdan keltirilgan harbiy-qurilish batalyonlari barpo etgan. Bugungi kunda esa bu massiv metropoliten va ko‘p qavatli uylarning qurilishi sababli buzilish hududiga tushgan.
Mualliflar: I. Glauberzоn, V. Sirotkin
Manba: “Toshkent — birodarlik shahri”, 1969-yil. V.A. Arxangelskiy. O‘zbekiston KP MQ nashriyoti.
Mavzening bugungi kuni
Made on
Tilda