2019-yilning may oyida o‘tkazilgan “OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari” respublika konferensiyasida Mirziyoyeva ushbu mavzuni yana bir bor
ko‘tarib chiqdi.
Bu holatga barham berish maqsadida 2019-yilning fevralida Prezident tomonidan “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Agentlik zimmasiga, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada rivojlantirish va bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish vazifasi ham yuklatildi.
Xuddi shu anjumanda Axborot xizmati rahbarining maqomini oshirish, uni davlat organi rahbarining maslahatchisiga aylantirish, ish haqi, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi bo‘yicha rahbar o‘rinbosariga tenglashtirish taklif etilayotgani, O‘zbekistonning imiji va nufuzini xalqaro maydonda oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi mexanizm yaratish ya’ni respublikaning chet eldagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida mavjud press-attashe lavozimlarini axborot ishi bo‘yicha maslahatchi lavozimiga o‘zgartirish haqida taklif kiritilgani bildirildi.